Loyiha haqida

“Toʻrtinchi oʻlchov” — 4D geometriya va sunʼiy intellekt haqida oʻzbek tilidagi bepul interaktiv sayt. U sodda tilda yozilgan: mavzuga qiziqqan har kim tushuna oladi. Sayt telefonda ham ishlaydi.

Muallif

Men Sanjar Abdubositov, 15 yoshman. “Synergy School”da 9-sinf oʻquvchisiman. Dasturlash, matematika va fizikaga qiziqaman.

Loyihaning kelib chiqishi. Bir kuni toʻrtinchi oʻlchov haqida osonroq, tushunarli manba izlab koʻrdim, lekin oʻzbek tilida topa olmadim. Internetda inglizcha kitoblaru videolar juda koʻp, ammo ularning murakkab tili va tushunchalari tufayli koʻp odamga baribir yopiq qolaveradi.

Shuning uchun hammasini boshidan oson, koʻrgazmali va oʻzbek tilida tushuntirib berishga bel bogʻladim. Asosiy maqsadim bitta: siz oddiygina matnni oʻqib chiqmasdan, koʻp oʻlchamli fazoni oʻzingiz interaktiv simulyatorlarda aylantirib koʻrsangiz va shu orada bu gʻoyalar sunʼiy intellekt dunyosida qayerlarga olib chiqayotganini oʻzingiz his qilsangiz.

AI yordami

Bu saytni Claude (Anthropic kompaniyasining sunʼiy intellekti) yordamida tuzdim.

Oʻzim nima qildim: gʻoyani oʻylab topdim, qaysi mavzular kirishini tanladim va 6 ta dars hamda ular uchun testlarni oʻzim yozdim. Har bir bosqichda Claudeʼga nimani bajarishni aytdim, natijasini koʻrib chiqib, kerak boʻlsa toʻgʻriladim. Dizayn uchun ham uchta variantdan birini oʻzim tanladim.

Claude nima qildi: saytning kodini yozdi — 2D dan 7D gacha aylanadigan simulyator, uning matematikasi, statistikasi va admin panelini ham tayyorladi. Dizaynni ham chizdi, lugʻat va maxfiylik sahifasini yozib chiqdi.

Xullas, men oʻqituvchi sifatida dars mazmuniga javob berdim, Claude esa barcha texnik ishlarni bajardi.

Manbalar

Litsenziya

Sayt kodi — MIT litsenziyasi. Dars matnlari — CC BY 4.0: muallifni koʻrsatgan holda bemalol foydalanishingiz va oʻzgartirishingiz mumkin.